Amflow SUV uslubidagi ilk elektr velosipedini chiqarmoqda
Modellar Avinox motorlaridan foydalanadi, AQSh versiyalarida esa tezlik soatiga 20 mil bilan cheklangan

Amflow TL Carbon modeli global miqyosda sotuvga chiqarilganini va PR Carbon seriyasi AQSh bozoriga ilk bor kirganini eʼlon qildi. TL Carbon — shahar boʻylab yurish, sayohatlar va yoʻltanlamas hududlarda foydalanish uchun moʻljallangan, toʻliq osma tizimga ega SUV uslubidagi elektr velosiped.
Model 800 Vt·soat sigʻimli Avinox RS800 akkumulyatori va M2 motori bilan jihozlangan. AQShda TL Carbon narxi $3 899 dan, Germaniyada esa €3 499 dan boshlanadi. Velosiped haydovchi, yuk va velosipedning oʻz massasini qoʻshib hisoblaganda, jami 200 kg gacha boʻlgan ogʻirlikni koʻtara oladi.
PR Carbon alohida zaryadlash yoki zaryadlangan batareyaga almashtirish mumkin boʻlgan yechiladigan akkumulyator bilan jihozlangan. AQShda seriya narxi $4 999 dan boshlanadi, PR Carbon Pro versiyasi esa $6 799 turadi. Uchala velosiped ham Amflowʼning rasmiy sayti va vakolatli dilerlarida allaqachon mavjud.
Yana oʻqing

BYD CLTC sikli boʻyicha 1 000 km dan ortiq yurish masofasiga ega ilk hashamatli elektr yoʻltanlamasi uchun oldindan buyurtmalarni qabul qila boshladi
1 mln km dan ortiq resurs, 3000 sikl va 12 daqiqada 500 km. Svoltning yarim qattiq holatli akkumulyatorlari ishlab chiqarishga yoʻlga qoʻyildi

