Yangi modellar

Mitsubishi bazasidagi Honda pikapi 2028-yilda bozorga chiqadi

Pikap, avvalo, ASEAN bozorlari uchun moʻljallangan boʻlib, Hondaʼga avtomobil bozorining yangi segmentiga kirish imkonini beradi.

Muharrir: Азиза22-oktabr, 17:01По-русски
commons.wikimedia.org — Ethan Llamas

Honda va Mitsubishi Mitsubishi Triton bazasida Honda brendi ostida pikap ishlab chiqish toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Model savdosi 2028-yilda boshlanishi kerak. Shu tariqa Mitsubishi Tailanddagi zavodining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi oshishiga umid qilmoqda.

Honda hozircha pikap nomini eʼlon qilgani yoʻq va uning dizaynini ham koʻrsatmagan. Avtomobilning asosi ramali konstruksiyaga ega Triton boʻladi. U ayrim mamlakatlarda L200 nomi ostida sotiladi; yangi modelning tashqi koʻrinishida asl avtomobildan minimal farqlar boʻlishi mumkin.

Triton uchun hajmi 2,4 l boʻlgan turbodiesel va benzin dvigatellari, Super Select 4WD-II toʻliq yuritma tizimi hamda turli harakatlanish rejimlari mavjud. Ayrim versiyalardagi pikap massasi 3,5 tonnagacha boʻlgan tirkamani torta oladi. ASEAN bozorlari tashqarisiga yetkazib berish haqida hozircha maʼlum qilinmagan.

Yana oʻqing