Chevrolet Corvette Z06 tyuningdan soʻng qariyb 1 000 ot kuchiga ega boʻldi
Chevrolet Corvette Z06 egasi Kris V. avtomobil quvvatini oshirish uchun sportkarini Xyustondagi tyuner huzuriga olib bordi

commons.wikimedia.org — UltraTech66
Takomillashtirishdan soʻng avtomobil gʻildiraklarda 810 ot kuchidan ortiq, tirsak valda esa taxminan 1 000 ot kuchi quvvat beradi. Tyunerlar Corvette Z06 avtomobilidagi tekis tirsak valiga ega atmosferali 5,5 litrli V8 LT6 dvigatelini Mirror Image Precisionʼning ikkita turbokompressoridan iborat tizim bilan jihozladi. Standart konfiguratsiyada bu dvigatel 670 ot kuchi ishlab chiqaradi, LMR Stage 1 Twin Turbo Package toʻplami oʻrnatilganidan soʻng esa gʻildiraklardagi quvvat 810 ot kuchidan oshdi.

