Yangiliklar

3 million dollar turadigan BYD giperkari jiddiy avariyaga uchradi

Yuqori tezlikdagi sinovlar chogʻida 2 977 ot kuchiga ega BYD Yangwang U9 Xtreme giperkari Xitoydagi yopiq trassada, 500 km/soat tezlikdan oshishga urinish oldidan avariyaga uchradi. Xabarlarga koʻra, haydovchi jarohatlanmagan.

Muharrir: Тимур3-noyabr, 10:28По-русски

2 noyabr kuni oʻtkazilgan sinovlarda avtomobil yopiq trassada boshqaruvni yoʻqotib, toʻsiqqa urildi. Zarba natijasida orqa oʻq butunlay uzilib ketdi, kuzov esa jiddiy shikastlandi. Avtomobilning aniq tezligi va avariya sababi oshkor etilmadi.

BYD Yangwang U9 Xtreme bilan Birlashgan Arab Amirliklarida sinov yurishini oʻtkazib, 2025 yil sentabrida qayd etilgan 496,22 km/soatlik oʻz natijasini yangilashni rejalashtirmoqda. Avariya bu rejalarga taʼsir qiladimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum.

3 million dollar turadigan giperkarga umumiy quvvati 2 220 kVt (2 977 ot kuchi) boʻlgan toʻrtta elektromotor, 1 200 voltli arxitektura va sigʻimi 80 kVt·soat boʻlgan batareya oʻrnatilgan.

Yana oʻqing