Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Elektro va gibridlar

2027-yilgi yangilangan Kia EV5

ADR hujjatlarida (Avstraliya dizayn qoidalari) yangilangan Kia EV5 haqida maʼlumotlar paydo boʻldi: krossover kuchliroq versiyalar, osma tizimi va tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlarga ega boʻladi. Model Avstraliyada 2027-yil oʻrtalarida kutilmoqda.

4-noyabr, 10:12По-русски

ADR sertifikatlash hujjatlarida yangilangan Kia EV5 haqidagi maʼlumotlar paydo boʻldi. Old gʻildirakdan tortuvchi versiyaning quvvati 175 kVtgacha, toʻliq yuritmali versiyaniki esa 249 kVtgacha oshiriladi; batareya turlari oʻzgarishsiz qoladi.

Standard Range bazaviy versiyasi uchun tormoz tizimiga ega tirkamaning ruxsat etilgan tortish massasini 750 kg gacha oshirishadi. Qolgan komplektatsiyalarda bu koʻrsatkich oʻzgarishsiz qoladi. Shuningdek, Kia Australia osma tizimini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qayta sozlaydi.

Tashqi koʻrinishdagi oʻzgarishlar bamperlar va bezak elementlariga taalluqli boʻladi, biroq hujjatlarga koʻra, faralar va chiroqlar oʻzgarmaydi. Hujjatlarda interyer koʻrsatilmagan, ammo multimedia tizimi hamda old yoʻlovchi uchun moʻljallangan displeylar birlashtirilgan yangi ekranlar joylashuvi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing