Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangi modellar

Jeep SEMA 2026 koʻrgazmasida SRT belgili Wrangler Scrambler konseptini taqdim etdi

Jeep SEMA Show 2026 koʻrgazmasida 6,4 litrli V8 Hemi dvigateli va mustaqil old osmasiga ega ikki eshikli Wrangler Scrambler pikap konseptini taqdim etdi.

4-noyabr, 09:57По-русски

Bu konsept SRT belgisi qoʻyilgan ilk Jeep modeli boʻldi. U Gladiator pikapi emas, Wrangler yoʻltanlamasi negizida yaratilgan va Jeep CJ-8 Scrambler gʻoyalari qayta talqin qilingan: avtomobil pikap kuzovi, kattalashtirilgan eshiklar, kuzovga integratsiyalangan yuk boʻlimi hamda xavfsizlik karkasiga ega.

Wrangler Scrambler uchun yurish yoʻli kengaytirilgan mustaqil old osma ishlab chiqildi — bu ushbu modelda ilk bor qoʻllanmoqda. U trophy-truck poyga avtomobillari uslubidagi orqa koʻprik, bronza rangli beadlock diskli kuchaytirilgan gʻildiraklar va choʻl poygalari uchun moʻljallangan yoʻltanlamas komponentlar bilan toʻldirildi.

Kaput ostiga 6,4 litrli Hemi V8 dvigateli oʻrnatilgan. Orqa oʻrindiqlarni toʻliq yechib olish yoki oldinga va orqaga burish mumkin. Biroq konsept asosan istiqbolli texnik yechimlarni namoyish etadi, seriyali pikapni oldindan anglatmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing