«Honda ham shunday qilishi mumkin edi»: Prelude Type R loyihasi koʻpchilik istaydigan kupeni hayotga tatbiq etadi
Throtl va Idemitsu jamoasi modelning oltinchi avlodi negizida Prelude Type Rʼni yigʻdi. Unda Civic Type Rʼdan olingan dvigatel va bir qator uzellar oʻrnatildi.

Loyiha Las-Vegasdagi SEMA koʻrgazmasida namoyish etildi. Prelude Type R negiziga Civic Type Rʼdan olingan turbinali K20C1 dvigateli va olti pogʻonali transmissiya qoʻyildi, old va orqa bamperlari esa kupega moslashtirildi. Preludeʼning oʻzi allaqachon Type R osmasi va tormozlari bilan jihozlangan edi.
Kuzov havo kirish joyiga ega karbon kapot, uchta chiqish quvuri va Civic Type Rʼdan olingan orqa spoyler bilan takomillashtirildi. Elektronika tizimida ham Civic qismlaridan foydalanilgan: diagnostika skaneri avtomobilni FL5 Civic Type R sifatida taniydi. Saloniga shu modeldan markaziy konsol va uzatma qutisi richagi oʻrnatildi, eshik qoplamalari hamda orqa oʻrindiqlar qizil alkantara bilan qayta qoplandi.
Throtl hammuassisi Evan Bekerman chiqarish tizimi va sim oʻtkazmalarini tayyorlash eng murakkab bosqichlar boʻlganini, mexanik qism esa nisbatan oddiy kechganini aytdi. Uning fikricha, Honda bunday versiyani katta xarajatlarsiz yaratishi mumkin edi, biroq bu Civic Type Rʼning flagman model sifatidagi mavqeini zaiflashtirishi mumkin.
Yana oʻqing

Toyota SEMA 2026 koʻrgazmasi oldidan beshta Woodland konseptini namoyish etdi
Avtomadaniyat3-noyabr, 09:43


