Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtosport

Ocon chetlatildi — bu uning Formula-1dagi faoliyati yakuni boʻlishi mumkin

Haas jamoasi Mexikodagi mojaro ortidan Esteban Oconni mavsum oxirigacha chetlatdi. Fransuz kelasi yil zaxira haydovchisi boʻlishga umid qilmoqda.

5-noyabr, 10:56По-русски

Haas jamoasi juma kungi Mexikodagi mashgʻulotdan keyin jamoa rahbari Ayao Komatsu bilan yuz bergan mojaro ortidan Oconni boshqa startga chiqarmaslikka qaror qildi. Janjalning aniq tafsilotlari oshkor etilmagan, uni oʻrganishga yuristlar ham jalb qilingan.

Poyga simulyatsiyasi rejasi oʻzgartirilib, yumshoq shinalar oʻrniga oʻrta shinalardan foydalanishga qaror qilingach, Ocon muhandis Laura Myullerga eʼtiroz bildirdi. Mashgʻulotdan keyin bahs Komatsu bilan davom etdi, shanba kuni ertalab esa Haas haydovchini poyga dam olish kunida chetlatganini eʼlon qildi. Keyinroq Ocon tomonlar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelganini aytdi, biroq jismoniy kuch ishlatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Seshanba kuni jamoa fransuz haydovchidan boshqa poygalarda foydalanmasligini maʼlum qildi. U aslida ham mavsum yakunida Haasni tark etishi kerak edi, kelasi yil startlar qatoridan joy topishi esa ehtimoldan yiroq deb baholanayotgandi. Endi Ocon qaytish imkoniyatini saqlab qolish uchun mavsumni zaxira haydovchisi sifatida oʻtkazishni koʻrib chiqmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bu uning Formula-1da yana bir bor jamoasiz qolishi. 2019 yilda jamoani Lourens Stroll sotib olganidan keyin Ocon Force Indiaʼdagi oʻrnini boy berdi: kanadalik biznesmen mashinaga oʻz oʻgʻli Lansni oʻtqazdi. Ocon hamkorlik qilgan Mercedes uni oʻshanda zaxira haydovchisi sifatida oldi, biroq keyinchalik asosiy tarkib uchun Jorj Rassellni tanladi.

Ocon yagona gʻalabasini 2021 yilgi Vengriya Gran-prisida Alpine safida qoʻlga kiritgan. Haasda u ikki mavsum davomida jamoadoshi Oliver Bermanga yutqazib keldi; avvalroq Pyer Gasli, Fernando Alonso va Daniel Rikkardo bilan ham shunga oʻxshash vaziyat yuzaga kelgan. Maqolada taʼkidlanishicha, jamoalar va jamoadoshlar bilan mojarolar 30 yoshli haydovchining qaytishini qiyinlashtirishi mumkin.

Yana oʻqing