Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Elektro va gibridlar

BYD 775 km gacha yuradigan ikkinchi avlod Seal 07 ni taqdim etdi

BYD Xitoyda EV va PHEV versiyalaridagi ikkinchi avlod Seal 07 ni ishga tushirdi. EV CLTC boʻyicha 775 km yuradi, batareya 10% dan 70% gacha 5 daqiqada quvvatlanadi.

6-noyabr, 10:03По-русски

Model besh variantda chiqariladi: ikkita zaryadlanadigan gibrid va uchta elektromobil. PHEV uchun boshlangʻich narx 139 900 yuan, toʻliq elektr versiya uchun esa 149 900 yuan.

Seal 07 EV 76,7 kVt·soat sigʻimli ikkinchi avlod BYD Blade batareyasini oldi. Orqa oʻqdagi yagona elektromotor 328 ot kuchi (245 kVt) va 365 N·m quvvat beradi, 0 dan 100 km/soatgacha tezlashuv 5,5 soniya davom etadi. CLTC boʻyicha yurish zaxirasi 775 km ga yetadi.

PHEV versiyalarida 1,5 litrli, 154 ot kuchiga (115 kVt) ega turbomotor va 214 ot kuchi (160 kVt) quvvatli old elektromotordan iborat DM-i tizimi qoʻllanadi. 37 kVt·soatlik batareya CLTC boʻyicha faqat elektrda 330 km gacha yurishni taʼminlaydi. Avvalgi avlodda bu koʻrsatkich 230 km edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Flash Charging texnologiyasi batareyani 10% dan 97% gacha 9 daqiqada quvvatlash imkonini beradi. Har ikki versiyaning uzunligi 5 080 mm, eni 1 960 mm, balandligi 1 495 mm, gʻildirak bazasi 2 960 mm. Model Toyota Camrydan biroz kattaroq.

Salonda 15,6 dyuymli markaziy ekran, 10,25 dyuymli asboblar paneli va orqa yoʻlovchilar uchun ikkita displey bor. Qoʻshimcha opsiyalar qatorida 6,8 litrli ichki muzlatkich, «nol tortishish» rejimli oʻrindiqlar va haydovchi bosh suyanchigʻidagi audio tizimi mavjud. BYD bayonotiga koʻra, Seal 07 eng keng orqa qatorga hamda oʻz sinfidagi hajmi 160 litr boʻlgan eng katta old yukxonaga ega.

Model masofadan avtomobil funksiyalarini boshqarish uchun Diva aqlli soatlari bilan ishlaydigan Smart Ecosystem 2.0 tizimini ham oldi. Qimmatroq versiyalarda Godʼs Eye B intellektual haydash tizimi mavjud, tomdagi lidar esa opsiya sifatida taklif etiladi. Funksiyalarga shaharda va trassada avtopilot yordamida navigatsiya hamda aqlli parkovka kiradi.

Aksiya davomida PHEV narxi 135 900 yuandan, EV narxi esa 145 900 yuandan boshlanadi.

Yana oʻqing