Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Vintage Modern asoschisi: mijozlarga klassika koʻrinishi kerak, muammolari emas

Vintage Modern asoschisi va bosh direktori Chau Nguyen kompaniya nega zamonaviy bazada klassik koʻrinishdagi avtomobillar yaratishini aytdi: badavlat mijozlarga ishonchlilik va xavfsizlik kerak.

6-noyabr, 10:13По-русски

Vintage Modern zamonaviy avtomobillarni klassik modellar koʻrinishidagi mashinalarga aylantiradi, bunda zamonaviy texnologiyalar, ishonchlilik va himoya saqlab qolinadi. Nguyen bu gʻoyaga Ford Bronco, FJ40 Land Cruiser, Mustang va H1 Hummer bilan bogʻliq tajribasidan soʻng kelgan: ular taʼsirchan koʻrinsa-da, tez-tez buzilar va murosaga borishni talab qilardi.

Nguyenga koʻra, anʼanaviy restavratsiya va restomod kompaniya mijozlarini qoniqtirmagan. Xaridorlar avtomobil eski koʻrinsa-yu, G-Wagon yoki Range Rover kabi yursa, tugmani bosish bilan ishga tushsa, doimiy taʼmir talab qilmasa va oila uchun xavfsiz boʻlsa, deb istashgan. U talab yuqori boʻlgan funksiyalar qatorida xavfsizlik yostiqchalari, deformatsiya zonalari va himoyaning boshqa zamonaviy unsurlarini sanadi.

Kompaniya yangi avtomobillardan foydalanib, ularga butunlay qayta ishlangan kuzov va salonlar oʻrnatadi. Podkast boshlovchilari bu yondashuvni teskari restomod deb atashdi. Oddiy restavratsiyadan farqli ravishda, Vintage Modern avtomobillari krash-testlardan oʻtadi va FMVSS talablari boʻyicha sertifikatlanadi.

Nguyen anʼanaviy usulda tiklangan avtomobilni LeBron Jamesga yetkazib berganidan keyin masʼuliyatni ayniqsa keskin his qilganini aytdi. U avariya yuz bergan taqdirda mashhur basketbolchining jarohati kompaniyasi qurgan avtomobil bilan bogʻlanishidan xavotirlangan. Shundan soʻng xavfsizlik biznesning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing