Yangi BYD Denza N8 EV 12-noyabrda chiqadi: 1 193 ot kuchigacha, 1 003 km gacha
BYD yangilangan Denza N8 EV elektr SUVʼini 12-noyabrda ishga tushirishini eʼlon qildi. Model uchun oldindan buyurtmalar 26-oktabrda boshlandi.

BYD Denza N8 EV orqa va toʻliq yuritmali versiyalarda bozorga chiqadi. Modelga alohida LED faralar, old bamperdagi faol havo kanallari, old bagaj boʻlimi hamda diametri 20 yoki 21 dyuymli gʻildiraklar oʻrnatilgan. Asosiy bagaj hajmi 1 046 litrni tashkil etadi, shuningdek, yashirin boʻlmalar ham mavjud.
Salonda 30 dyuymli panoramali ekran va kengligi 1,1 metr boʻlgan integratsiyalangan Sky Screen paneli oʻrnatilgan. Toʻrtta oʻrindiq ventilyatsiya, isitish va massaj funksiyalariga ega; old oʻrindiqlar 165° ga, orqa oʻrindiqlar esa 146° ga yotadi. Jihozlar qatoriga 50 Vt quvvatli ikkita simsiz quvvatlash maydonchasi, salon yoritgichi, Devialet audio tizimi, orqa yoʻlovchilar uchun ekranlar, muzlatkich va Godʼs Eye 5.0 haydovchiga yordam tizimi kiradi.
Bitta elektr motorli orqa yuritmali versiya 320 yoki 370 kVt quvvat bilan taklif etiladi. Toʻliq yuritmali Denza N8 EV uch motorli qurilmaga ega boʻladi: oldingi bitta motor 270 kVt, orqadagi ikkita motorning har biri 310 kVt quvvat beradi. Tizimning umumiy quvvati 890 kVt yoki 1 193 ot kuchini tashkil etadi. Bunday konfiguratsiya joyida burilish va past tezlikdagi aqlli harakatlanish rejimini qoʻllab-quvvatlaydi.
Krossover ikkinchi avlod Blade akkumulyatori va tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. Sigʻimi 130,15 kVt·soat boʻlgan eng yuqori sigʻimli batareya CLTC sikli boʻyicha 1 003 km, yaʼni WLTP boʻyicha taxminan 812 km yurish imkonini beradi. Boshqa variantlar uchun 970, 840 va 800 km koʻrsatkichlari eʼlon qilingan. Shuningdek, DiSus-A aqlli pnevmatik osmasi va orqa gʻildiraklarni burish tizimi oʻrnatilgan. Kelajakda model qatorini tashqi quvvat manbaiga ulanadigan gibrid versiya bilan toʻldirish rejalashtirilmoqda.
Yana oʻqing

Yangi Honda yoʻltanlamasi yangi dizayn va yangi avlod gibrid texnologiyalarini oladi
Elektro va gibridlar18:17
IM Motors Xitoyda elektr LS8 modelini 239 800 yuandan boshlanadigan narxda ishga tushirdi
Elektro va gibridlar12:28


