Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Elektro va gibridlar

Tesla Cybercab ishlab chiqarish uchun Cybertruck ishlab chiqarishini 2027-yilda yakunlamoqchi

Tesla rahbari Ilon Mask Cybertruck ishlab chiqarishini 2027-yil oʻrtalarida yakunlash rejalashtirilganini maʼlum qildi. Kompaniya boʻshaydigan ishlab chiqarish quvvatlarini haydovchisiz Cybercab avtomobillarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirmoqchi.

9-noyabr, 14:28По-русски

Read in English

Tesla Cybertruck elektr pikapini ishlab chiqarishni 2027-yil oʻrtalarida toʻxtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ilon Mask X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi. Kompaniya Gigafactory Texasʼda boʻshaydigan ishlab chiqarish quvvatlaridan haydovchisiz Cybercab avtomobillarini chiqarishni koʻpaytirish uchun foydalanmoqchi.

Cybertruck bozorda eng koʻp sotilayotgan elektr pikap maqomini saqlab qolmoqda, biroq uning savdosi Tesla kutgan dastlabki koʻrsatkichlardan past boʻldi. Buning sabablaridan biri narx siyosatidagi oʻzgarishlar boʻldi: model taqdim etilganidan yetkazib berishlar boshlanguniga qadar qariyb toʻrt yil oʻtdi va shu vaqt ichida kompaniya avval eʼlon qilingan narx moʻljallaridan voz kechdi. Natijada seriyali avtomobillar bozorga yuqoriroq narxda chiqdi va bu potensial talabni chekladi.

Qaror Tesla muxlislari orasida turlicha munosabat uygʻotdi. Ayrimlar kompaniyaning avtonom tashuvlar va Robotaxi platformasini rivojlantirish fonida resurslarni Cybercabʼga yoʻnaltirishini qoʻllab-quvvatladi. Boshqalar esa pikap ishlab chiqarishni toʻxtatishga qarshi chiqdi.

Tahlilchi Geri Blek Tesla Cybertruck oʻrniga boshqa model — anʼanaviy elektr pikap yaratishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, kompaniya hozircha ushbu modelning vorisini ishlab chiqish rejalari haqida eʼlon qilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing