Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtomadaniyat

Porsche asoschisi Gerhard Porshening nabirasi Gerhard Porsche vafot etdi

Gerhard Porsche 30-oktabr kuni 88 yoshida vafot etdi. Porsche asoschisining nabirasi bilan vidolashuv marosimi 17-noyabr kuni Avstriyaning Talgau shahrida oʻtkaziladi.

9-noyabr, 12:56По-русски

Read in English

Gerhard Porsche oilasi davrasida vafot etgani avstriyalik Schoosleitner Bestattung dafn marosimlari agentligining nekrologida aytilgan. Uning oʻlimi sababi oshkor qilinmagan.

Vidolashuv marosimi 17-noyabrga belgilangan boʻlib, Talgau shahridagi Markus marosimlar zalida oʻtkaziladi. Marhumning kuli solingan urna keyinroq oila davrasida dafn etiladi.

Porsche Ferri Porshening oʻgʻli va Porsche AG hamda Porsche Automobil Holding SE kompaniyalarining kuzatuv kengashlariga rahbarlik qilayotgan Volfgang Porshening akasi edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Gerhard Porsche Karintiyada avtomobil muzeyiga asos solgan. Muzey kolleksiyasidan Porsche, Rolls-Royce va Bentley kompaniyalarining noyob avtomobillari, shuningdek, poyga avtomobillari va mototsikllari oʻrin olgan.

Uning bobosi Ferdinand Porsche 1931-yilda Germaniyaning Shtuttgart shahrida Porsche avtomobil kompaniyasiga asos solgan. Hozir bu marka Volkswagen konserni tarkibiga kiradi.

Yana oʻqing