Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangi modellar

Dongfeng Nissan NX7 debyutini 13-noyabrga belgiladi, shu kuni oldindan sotuv boshlanadi

Dongfeng Nissan 13-noyabr kuni gibrid NX7 SUVʼining global taqdimotini oʻtkazib, oldindan sotuvni boshlaydi. Model yil oxirigacha sotuvga chiqishi kutilmoqda.

9-noyabr, 12:51По-русски

Read in English

cnevpost.com — Dongfeng Nissan

Dongfeng Nissan NX7 — tashqi quvvatlanadigan gibrid kuch qurilmasiga ega oʻrta oʻlchamli krossover — namoyish etiladigan sanani eʼlon qildi. Kompaniya shu kuni avtomobilga oldindan buyurtmalarni ham qabul qila boshlaydi.

NX7 73 kVt quvvatli benzin dvigateli va eng yuqori quvvati 170 kVt boʻlgan Bosch elektromotori bilan jihozlangan. Sigʻimi 40,9 kVt·soat boʻlgan CATL batareyasi elektr quvvati bilan 220 yoki 225 km yurish imkonini beradi. Krossoverning maksimal tezligi 180 km/soatni tashkil etadi.

Tomga shaharda Navigate on Autopilot haydovchiga yordam tizimining ishlashi uchun LiDAR oʻrnatilgan. Assistent zich transport oqimida harakatlanish, chorrahalardan oʻtish va shahar koʻchalarida navigatsiyani qoʻllab-quvvatlaydi.

NX7 Dongfeng Nissanʼning NX8’dan keyingi yangi qatoridagi ikkinchi SUV modeli boʻladi. Kompaniya avvalroq Xitoyda elektrlashtirilgan avtomobillar taklifini kengaytirish va 2027-yil yozigacha bozorning asosiy segmentlarini qamrab olish rejalarini bildirgan edi. Nissan nomi hozircha eʼlon qilinmagan yana bir yangi modelni ayni tadbirda taqdim etadi. Mahalliy OAV maʼlumotiga koʻra, tadbir Chjuxay xalqaro kongress-koʻrgazma markazida Nissan Day doirasida oʻtkaziladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing