Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Elektro va gibridlar

Xitoyliklar narxlari bilan yana hayratda qoldirmoqda: Wey Lanshan yoʻltanlamasi Land Rover Defenderʼdan bir necha baravar arzon chiqdi

Wey kompaniyasi Xitoyda Lanshan uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi: minimal narx 43 500 dollarni tashkil etadi. Shu bozorda Land Rover Defender narxi esa 103 500 dollar.

10-noyabr, 10:20По-русски

Read in English

cnevpost.com — Wey

Wey yangi Lanshanning komplektatsiyalari va xususiyatlarini oshkor qildi. Model, avvalo, shaharda va trassada qulay harakatlanishga moʻljallangan. Shu bilan birga, avtomobil blokirovka qilinadigan orqa differensial hamda qattiqlik va klirensni avtomatik sozlaydigan pnevmatik osma bilan jihozlangan. Manba bahosiga koʻra, Land Rover Defender yoʻlsiz joylarda ustunligini saqlab qoladi.

Yoʻltanlamasning gibrid kuch qurilmasi jami 693 ot kuchigacha quvvat va 940 Nm moment ishlab chiqaradi. Uning tarkibiga 2,0 litr hajmli, 247 ot kuchiga ega turbomotor, 150 ot kuchilik oldingi elektromotor va 299 ot kuchilik orqa elektromotor kiradi. Elektr tortish kuchida yurish masofasi 350 km gacha yetadi. Orqa gʻildiraklar 20 darajagacha buriladi, bu esa manyovrchanlikni oshiradi va avtomobilga yonlama harakatlanish imkonini beradi.

Lanshan ikkita lidar va 28 ta datchik bilan jihozlangan. Avtomobil tizimlari trassada, shaharda va parkovka vaqtida avtomatlashtirilgan harakatlanishni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, yoʻl chiziqlari boʻlmagan tuproq yoʻllarda avtonom harakatlanish imkoniyati ham alohida qayd etilgan.

Salonda markaziy va yoʻlovchi monitorlarini birlashtiruvchi 29,6 dyuymli ekran, shuningdek, proyeksiya displeyi va ikkinchi qator uchun diagonali 21,4 dyuymli qoʻshimcha ekran oʻrnatilgan. Multimedia tizimi haydovchining odatlariga moslasha oladi va yoʻlovchilarning hissiyotlarini taniydi. Olti oʻrinli versiyada ikkinchi qator uchun ventilyatsiya, isitish va «nol gravitatsiya» funksiyasiga ega alohida oʻrindiqlar koʻzda tutilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing