Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangi modellar

Zeekr Gelendvagenga munosib raqib tayyorlamoqda: dastlabki tafsilotlar

Zeekr Mercedes-Benz G-Class uslubidagi lyuks yoʻltanlamas ustida ish olib bormoqda. Loyiha maʼqullansa, model 2028–2029-yillarda konveyerga qoʻyilishi mumkin.

10-noyabr, 10:44По-русски

Read in English

Zeekr yangi lyuks yoʻltanlamasni tayyorlashning dastlabki bosqichida. Loyiha hozircha texnik-iqtisodiy asoslash jarayonidan oʻtmoqda va rahbariyat tomonidan rasman maʼqullanmagan.

Yangi model klassik rama asosidagi yoʻltanlamas boʻlmaydi: uning uchun yuk koʻtaruvchi yoki yarim yuk koʻtaruvchi kuzov variantlari koʻrib chiqilmoqda. Konstruktsiyada alohida boshqariladigan elektr motorlari, pnevmatik osma va elektron tizimlarni birlashtirish rejalashtirilgan. Asosiy eʼtibor yoʻltanlamas uchun mexanik yechimlarga emas, motorlar oʻrtasida burovchi momentni qayta taqsimlashga qaratiladi.

Zeekr bunday sxemadan foydalanish boʻyicha allaqachon tajribaga ega. Toʻrt motorli 001 FR kremniy karbidli motorlar bilan jihozlangan boʻlib, ular tortish vektorini boshqarish tizimi bilan birgalikda ishlaydi. Bu tizim avtomobilga «tank» prinsipi asosida bir joyda burilish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Boʻlajak yoʻltanlamas uchun bu tizimni boshqacha sozlash talab etiladi. Notekis yuzada harakatlanishda asosiy vazifa burovchi momentni aniq boshqarishdan iborat boʻladi. Loyiha uchun asos sifatida 900 volt kuchlanishli gibrid platforma koʻrib chiqilmoqda.

Rahbariyat ijobiy qaror qabul qilsa, «kvadrat» yoʻltanlamas 2028–2029-yillarda seriyali ishlab chiqarishga yetib borishi mumkin.

Yana oʻqing