Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtomadaniyat

Land Rover eng hamyonbop modellaridan voz kechadi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Land Rover 2027 yilda Range Rover Evoque va Velar modellarini ishlab chiqarishni toʻxtatadi. Har ikki modelning yangi avlodi chiqmaydi.

10-noyabr, 11:37По-русски

Read in English

Land Rover Evoque va Velar krossoverlarini Range Rover qatoridan chiqarishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, ularning ishlab chiqarilishi 2027 yilda yakunlanadi, bu modellar uchun vorislar ham boʻlmaydi.

Kompaniya asosiy foydasini keltirayotgan yirikroq va qimmatroq avtomobillarga eʼtibor qaratmoqchi. Shu bilan birga, Land Rover hamyonbop takliflardan butunlay voz kechmoqchi emas: bu yoʻnalishni, ehtimol, Discovery oilasiga mansub modellar egallaydi. Shuningdek, ixcham Defender ham koʻrib chiqilmoqda, biroq uning ishlab chiqilishi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Evoque va Velarga boʻlgan talab turlicha shakllandi. Velar sotuvlarning sezilarli hajmiga erisha olmadi. Evoque esa, aksincha, brendning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biriga aylandi: dastlabki oʻn yil ichida dunyo boʻylab bunday avtomobillardan qariyb bir millioni sotildi. Ayrim yillarda Land Rover sotuvlarining uchdan koʻprogʻi shu model hissasiga toʻgʻri kelgan. Krossover, shuningdek, qator xalqaro soha mukofotlarini qoʻlga kiritgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Ikki model qatorni tark etishi bilan taxminan bir vaqtda unda yangi Range Rover GT paydo boʻlishi mumkin. Bu yoʻltanlamas oilaning boshlangʻich modelidan boʻshaydigan oʻrinni egallashi kerak. Yangilikning texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan. Land Rover allaqachon GT modeliga qiziqish borligini qayd etmoqda va hozir boshqa markadagi avtomobillarda yuradigan potensial xaridorlar ulushini 80 foiz deb baholamoqda.

Bu qaror Jaguar Land Rover kompaniyasining xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan kengroq dasturiga mos keladi. Guruh yaqin ikki yil ichida butun dunyo boʻylab shtatini taxminan 4 ming xodimga qisqartirishni va biznes barqarorligini oshirish uchun xarajatlarni £1,7 mlrd ($2,3 mlrd) ga kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Yana oʻqing