Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

BYD ofislarida Land Rover Defender nusxalangani gumoni bilan tintuvlar oʻtkazildi

Avgust oyida sud qarori asosida sud ijrochilari Niderlandiyadagi BYD ofislarida Ti7 va Defender oʻxshashligi ishiga oid hujjatlarni olib qoʻyish uchun tintuvlar oʻtkazdi.

10-noyabr, 10:36По-русски

Read in English

Tintuvlar Sxidam va Hofddorp shaharlarida oʻtkazildi. Gaaga sudi chorshanba kuni yangi BYD Ti7 va Land Rover Defender tashqi koʻrinishidagi oʻxshashlik bilan bogʻliq ish boʻyicha dastlabki tinglovni oʻtkazadi. Tintuvlar haqidagi qaror hujjatlar yoʻq qilinishiga ulgurmasligi uchun qabul qilingan.

Jaguar Land Rover davom etayotgan sud ishiga izoh berishdan bosh tortdi. BYD UK vakili ham shu sababli savollarga javob bermadi.

Ti7’ni Defender bilan taqqoslashlar kompaniya yoʻltanlamasni Britaniya bozoriga olib chiqish rejalarini tasdiqlaganidan keyin paydo boʻldi. Modelning uzunligi besh metr boʻlib, bu Defender 110 koʻrsatkichiga yaqin. Ti7’ning kutilayotgan narxi qariyb 50 ming funtni tashkil etadi — bu Defender 110’ning eng arzon versiyasidan taxminan 20 ming funtga kam.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Ti7 1,5 litr hajmli benzin dvigateliga ega ulanadigan gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Xitoyda toʻliq elektr modifikatsiyasi ham eʼlon qilingan.

Avvalroq Jaguar Land Rover LandWind X7 ishlab chiqaruvchisiga qarshi ham sud qarori chiqishiga erishgan: sud modelni Range Rover Evoqueʼga haddan tashqari oʻxshash deb topgan. Shu bilan birga, JLR Xitoyning Chery kompaniyasi bilan qoʻshma korxonada hamkorlik qilmoqda; bu hamkorlik natijasida Freelander 8 yoʻltanlamasi yaratilgan.

Yana oʻqing