Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Elektro va gibridlar

Genesis Janubiy Koreyada GV90 elektr flagmaniga buyurtmalarni qabul qilishni boshladi

Genesis Janubiy Koreyada uch qatorli GV90 elektr SUV modeliga buyurtmalarni qabul qila boshladi. Yetti oʻrinli versiyaning narxi 139,5 mln von — taxminan 104 000 dollardan boshlanadi.

11-noyabr, 17:13По-русски

Read in English

Genesis GV90 brendning toʻliq elektr quvvatida harakatlanuvchi ilk flagman SUV modeliga aylandi. Model Hyundai Motor Groupʼning eMP platformasida yaratilgan va oddiy eshikli Standard hamda kuzovning markaziy ustunisiz qarama-qarshi ochiladigan eshikli Neolun versiyalarida taklif etiladi.

Janubiy Koreyada yetti oʻrinli GV90 Standard narxi 139,5 mln vondan (104 000 dollar) boshlanadi. Olti oʻrinli Individual Lounge Seat versiyasi 145,5 mln vondan (108 500 dollar), GV90 Neolun Standard 189,9 mln vondan (141 500 dollar), toʻrt oʻrinli Neolun Executive Suite esa 239,5 mln vondan (178 500 dollar) baholangan.

Elektromobil 123,5 kVt·soat sigʻimli batareya bilan jihozlangan. 22 dyuymli gʻildiraklarga ega yetti oʻrinli versiyaning yurish zaxirasi 500 km gacha yetadi, 24 dyuymli gʻildiraklarga ega olti oʻrinli GV90 Neolun esa bir marta quvvatlanganda 460 km gacha yoʻl bosa oladi. Ikki motorli toʻliq yuritmali tizim 657 ot kuchi va 800 N·m burovchi moment hosil qiladi. 350 kVt quvvatli quvvatlash stansiyasiga ulanganda batareya 10 foizdan 80 foizgacha taxminan 22 daqiqada quvvatlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Salon 180 darajaga buriladigan old oʻrindiqlar, avtomobil toʻxtab turganda 24,6 dyuymgacha tashqariga surilib chiqadigan ekran hamda 25 ta dinamik va Dolby Atmos tizimiga ega Bang & Olufsen Premier 3D Sound System audio tizimi bilan jihozlangan. Oddiy asboblar paneli oʻrniga maʼlumotlarni old oynaga aks ettiruvchi 25 dyuymli proyeksion displey ishlatiladi.

Janubiy Koreyadan keyin Genesis, kutilishicha, GV90 modelini AQSh va boshqa jahon bozorlarida 2027 yil boshida sota boshlaydi. AQSh uchun narxlar hozircha oshkor qilinmagan: dastlabki baholarga koʻra, Standard versiyasi taxminan 100 000 dollar, Neolun esa qariyb 150 000 dollar yoki undan qimmatroq turadi.