Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Elektro va gibridlar

BMW i3 Yevropada 6 ming km bosib, zaryadga 3 soatdan kam sarfladi

Yangi BMW i3 50 xDrive Nordkap burnidan Tarifagacha 5 886,7 km yurib, zaryadga 2 soat 46 daqiqa sarfladi. BMW buni rekord deb atamoqda.

11-noyabr, 17:25По-русски

Read in English

Safar sakkiz mamlakat hududidan oʻtib, avtomagistrallar, shahar tashqarisidagi yoʻllar va aholi yashash punktlari orqali amalga oshirildi. Elektromobil jamoat zaryadlash stansiyalarida quvvatlandi, ekipaj esa nazorat nuqtalari orasidagi yoʻnalishni mavjud infratuzilma, tirbandlik va ob-havoni hisobga olgan holda tanladi. Zaryadlashning oʻrtacha quvvati 275 kVtni tashkil etdi.

Safarda ikki elektromotor va toʻliq yuritmaga ega seriyali BMW i3 50 xDrive qatnashdi. Kuch qurilmasining umumiy quvvati 469 ot kuchiga yetadi, avtomobil 100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 200 km/soatni tashkil etadi. Sigʻimi 108,7 kVt·soat boʻlgan batareya WLTP sikli boʻyicha 912 km gacha yurish zaxirasini taʼminlaydi.

Model 800 voltli arxitekturaga qurilgan va 400 kVtgacha quvvatda oʻzgarmas tokda zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Tezkor stansiyada 10 daqiqada WLTP boʻyicha 423 km yurish zaxirasini toʻldirish mumkin. Safar davomida elektr energiyasi sarfi 100 kmga 12,5 kVt·soatni tashkil etdi — bu modelning WLTP sikli boʻyicha rasmiy koʻrsatkichidan past.

BMW i3 Neue Klasse platformasidagi BMW 3 Series oilasining ilk toʻliq elektr vakiliga aylandi. Kompaniya avtomobil Paneuropeana yoʻnalishida umumiy zaryadlash vaqti boʻyicha rekord oʻrnatganini, 2017-yildagi natijadan yetti soatdan koʻproqqa oʻzib ketganini maʼlum qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media