Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Honda 635 808 ta Pilot, Acura MDX va Acura TLXni rul nosozligi sabab chaqirib oladi

Honda dasturiy taʼminotdagi nosozlik rul kuchaytirgichini harakat paytida oʻchirishi mumkinligi sabab 635 808 ta Pilot, Acura MDX va Acura TLXni chaqirib oladi.

12-noyabr, 11:47По-русски

Read in English

Kampaniya 2021–2025-yillarda ishlab chiqarilgan Acura TLX, 2022–2024-yillarda ishlab chiqarilgan Acura MDX va 2023–2025-yillarda ishlab chiqarilgan Honda Pilot avtomobillarini qamrab oladi. Bunga avtomobil toʻgʻri harakatlanayotganda elektron rul boshqaruvi kuchaytirgichining himoya rejimiga oʻtishiga olib kelishi mumkin boʻlgan dasturiy nosozlik sabab boʻlgan.

Bu rejimda kuchaytirgich oʻchadi va asboblar panelida EPS ogohlantirishi yonadi. Rul ancha ogʻirlashadi. National Highway Traffic Safety Administration (NHTSA) hujjatlariga koʻra, muammo ilk bor 2021-yil noyabrida qayd etilgan, biroq uning sababini faqat 2025-yil dekabrida tasdiqlashga muvaffaq boʻlingan.

Diagnostika vaqtida dilerlar va yetkazib beruvchilar dvigatelni tekshirish jarayonida xato kodlarini oʻchirib tashlagani nosozlikni avvalroq aniqlashga xalaqit bergan. 22-oktabr holatiga koʻra, Honda nuqson bilan bogʻliq jarohat haqidagi bitta xabar va kafolat boʻyicha 146 ta murojaat olgan.

Avtomobil egalari 14-dekabrgacha pochta orqali xabardor qilinadi. Muammoni bartaraf etish uchun Honda yoki Acuraʼning rasmiy dileriga murojaat qilish kerak: u yerda dasturiy taʼminot yangilanishi bepul oʻrnatiladi. Muayyan avtomobil ushbu kampaniyaga kiradimi-yoʻqmi, buni NHTSAning chaqirib olishlar saytida tekshirish mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media