Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

GWM 2027-yilda Ferrari bilan raqobatlashuvchi gibrid superkar chiqaradi

GWM 2027-yilda ilk gibrid superkarini chiqarish va uni 2026-yil oxirigacha rasman taqdim etishni rejalashtirmoqda. Rais Ferrari SF90dan imkoniyatlari boʻyicha ortda qolganini tan oldi.

12-noyabr, 11:50По-русски

Read in English

GWM Ferrari bilan raqobatlashish va SUV hamda pikaplardan tashqariga chiqib, model qatorini kengaytirish uchun ilk gibrid superkarini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Avtomobilning rasmiy taqdimoti 2026-yil oxirigacha, bozorga chiqarilishi esa 2027-yilga moʻljallangan.

GWM raisi Vey Tszyanzyun yangi modelni Ferrari SF90 bilan taqqoslab sinovdan oʻtkazganini va sinovlar videosini namoyish etganini aytdi. Uning baholashicha, kompaniya sportkari hozircha imkoniyatlar majmui boʻyicha Ferrariʼdan ortda qolmoqda, biroq jamoa model bozorga chiqarilguncha syurpriz tayyorlashga umid qilmoqda.

Avtomobil GWM ishlab chiqqan, hajmi 4,0 litr boʻlgan, ikki turbokompressorli V8 benzin dvigateli va zaryadlanuvchi gibrid tizimga ega boʻlishi kutilmoqda. Kuch qurilmasi yuqori unumdorlikka moʻljallangan GF arxitekturasi doirasida yaratilmoqda. Ushbu arxitektura yoʻl superkarlari va GT3 poyga avtomobillari uchun ham moʻljallangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Avvalroq GWM yoʻl versiyasining maqsadli umumiy quvvati 1 200 ot kuchidan yuqori boʻlishini bildirgan edi. Seriyali avtomobilning yakuniy texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmadi. Loyiha kechikishiga sabab sifatida tannarxni pasaytirishga intilish hamda uzoq davom etgan sinovlar oʻtkazilgan karbon kokpitini ishlab chiqishdagi qiyinchiliklar koʻrsatilgan.

Loyiha GWMni anʼanaviy ravishda Yevropa ishlab chiqaruvchilari egallab kelgan bozorga olib chiqishi kerak. Kompaniya uni Xitoy superkarlari segmenti kengayayotgan bir paytda rivojlantirmoqda; bu segmentda allaqachon Yangwang U9 elektr modeli va boshqa markalarning avtomobillari mavjud.