Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangi modellar

Toyota tarixdagi eng kuchli GRMN Corolla uchun oldindan buyurtmalarni qabul qila boshladi

Toyota Yaponiyada 304 ot kuchiga ega GRMN Corolla uchun oldindan buyurtmalarni qabul qila boshladi. Model cheklangan seriyada ishlab chiqariladi, xaridorlar esa tanlov asosida aniqlanadi.

13-noyabr, 10:03По-русски

Read in English

Yangi avtomobil Gazoo Racing boʻlinmasi tomonidan oddiy GR-versiya bazasida ishlab chiqilgan. Toyota jami 730 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, shundan 190 tasi Yaponiya bozori uchun ajratilgan. Mamlakatda xetchbekka faqat maxsus ilova orqali buyurtma berish mumkin.

GRMN Corollaʼning Yaponiyadagi narxi 9,8 mln iyenni yoki amaldagi valyuta kursi boʻyicha qariyb 64 ming dollarni tashkil etadi. Biroq bu mablagʻga ega boʻlish avtomobilni sotib olishni kafolatlamaydi: kompaniya tanlov oʻtkazib, nomzodlarni bir necha mezon, jumladan, oʻzining ichki standartlari asosida baholaydi.

Avtomobilning orqa oʻrindiqlar qatori olib tashlangan. Uning oʻrniga kuzov qattiqligini oshiradigan va avtomobil massasini 1450 kg gacha kamaytirishga yordam beradigan kuchaytiruvchi toʻsin oʻrnatilgan. Xetchbek takomillashtirilgan turbinali dvigatel, mexanik uzatmalar qutisi va qayta sozlangan toʻliq yuritmaga ega boʻldi. Kuch qurilmasining aylantiruvchi momenti 415 Nm gacha oshirildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Uzoq davom etadigan yuklamalar paytida quvvatni saqlab qolish uchun muhandislar interkulerga purkash tizimi va qoʻshimcha subradiator qoʻshdilar. Konstruktsiyada poyga avtomobillaridan olingan yechimlar — monotubali amortizatorlar va ichki qaytish cheklagichlariga ega prujinalar ham qoʻllangan.

Tashqi koʻrinishda GRMN Corolla yangi aerodinamik detallari, jumladan, old qanotlari, oʻzgartirilgan kapoti, yon splitterlari va hujum burchagini sozlash imkoniga ega yirik antikrylosi bilan ajralib turadi. Salonda kovshsimon oʻrindiqlar oʻrnatilgan.