Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avtomadaniyat

Unplugged Performance Teslaʼga Cybertruck ishlab chiqarishini saqlashni taklif qildi

Unplugged Performance Tesla demontaj qilgach, Cybertruck liniyasini sotib olib, investorlar konsorsiumi bilan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi. Demontaj 2027-yil oʻrtalarida kutilmoqda.

13-noyabr, 10:15По-русски

Read in English

Unplugged Performance Teslaʼga Giga Texas maydonidagi liniya demontaj qilingach ham Cybertruck ishlab chiqarishini davom ettirishni taklif qildi. Kompaniya investorlar konsorsiumini jalb qilishga va ishlab chiqarishni Tesla uchun xarajatlarsiz boshqarishga tayyorligini bildirdi.

Ilon Mask Cybertruck ishlab chiqarishini yakunlashni Cybercab uchun joy boʻshatish zarurati bilan izohlagan, keyinroq esa bunga mutaxassislar yetishmasligini sabab qilib koʻrsatgan. Uning soʻzlariga koʻra, ikki loyiha ustida bir vaqtda ishlash muhandislik resurslarini haddan tashqari tarqatib yuboradi. Tesla liniya demontaji taxminan 2027-yil oʻrtalarida boshlanishini kutmoqda.

Unplugged Performance allaqachon investorlar, tajribali ishlab chiqarish mutaxassislari va hamkorlarni izlamoqda, shuningdek, Giga Texas yaqinida boʻlishi maʼqul boʻlgan maydonni tanlamoqda. Kompaniya liniyani darhol ishga tushira olmasligini tan olmoqda: ishlab chiqarish hajmini qaytadan oshirishga toʻgʻri keladi, akkumulyator elementlarining mavjudligi esa hajmni cheklashi mumkin. Eng yuqori ishlab chiqarish quvvati avvalgidan pastroq, avtomobillarning tannarxi esa yuqoriroq boʻlishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Taklif etilgan sxema Teslaʼga maydonlar va xodimlarni boʻshatish, shu bilan birga har bir avtomobildan olinadigan litsenziya toʻlovlari, FSD obunalari va boshqa daromadlarni saqlab qolish imkonini berardi. Unplugged Performance Cybertruck platformasidan yetti oʻrinli CyberSUV va yuk tashuvchi CyberCargo, shuningdek, Robotaxi tarmogʻi uchun yoʻltanlamas avtomobillar yaratishda foydalanishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya, jumladan, Teslaʼning sobiq muhandislaridan ham qoʻllab-quvvatlov olganini maʼlum qildi. Tesla taklif boʻyicha qanday qaror qabul qilgani hozircha nomaʼlum.