Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangi modellar

Audi Nuvolari 700 000 dollar turadi. AQShga esa atigi 182 dona yetkazib beriladi

Audi Nuvolari superkarining AQSh bozoriga chiqarilishini tasdiqladi: rejalashtirilgan 499 ta avtomobildan 182 tasi AQShga yuboriladi. Narx yetkazib berish yigʻimisiz 700 000 dollardan boshlanadi.

13-noyabr, 10:20По-русски

Read in English

Nuvolari uchun buyurtmalarni qabul qilish allaqachon boshlangan, biroq Audi uning muddatini chekladi: arizalar faqat «cheklangan vaqt» davomida qabul qilinadi. AQShga yetkazib berish 2028 yilning birinchi yarmida boshlanishi kerak.

Kompaniya 499 ta superkar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, ulardan 182 tasi Amerika bozori uchun moʻljallangan. U yerdagi boshlangʻich narx 700 000 dollarni tashkil etadi, bunda yetkazib berish yigʻimi hisobga olinmagan. Audi uning miqdorini oshkor qilmadi.

Nuvolarining kuch qurilmasi ikkita turbokompressorli benzinli V8 dvigatel, shuningdek, uchta elektromotorni oʻz ichiga oladi. Dvigatel 789 ot kuchiga ega, tizimning jami quvvati esa 987 ot kuchiga yetadi. Shu bilan birga, Audi yakuniy texnik koʻrsatkichlar hali oʻzgarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Dastlabki baholarga koʻra, superkar joyidan 100 km/soat tezlikka 2,6 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi 350 km/soatni tashkil etadi. Manbada Nuvolari boshqa bozorlarda ham sotuvga chiqariladimi va buyurtmalarni qabul qilish qancha davom etishi aniqlashtirilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media