Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Lamborghini Temerario tomidan ayrilishidan oldin yaqinda shov-shuvli yangilanish oldi

Lamborghini Temerario Coupé uchun titandan yasalgan Akrapovič egzoz tizimini taqdim etdi. Modelning ilk hosilasi kelasi hafta jahon premyerasida namoyish etiladi.

13-noyabr, 11:32По-русски

Read in English

Lamborghini Temerario Coupé uchun yangi Akrapovič egzoz tizimini taqdim etdi. U dvigatel ovozini kuchaytirish va avtomobil massasini standart tizimga nisbatan kamaytirish uchun yaratilgan.

Temerario 4,0 litrli benzin dvigateli, ikkita turbokompressorga ega V8 bilan jihozlangan boʻlib, uning aylanish tezligi 10 000 ayl/min gacha yetadi. Uchta elektromotor bilan birga ishlaydigan kuch qurilmasi 920 CV quvvat ishlab chiqaradi. Yangi egzoz tizimi uchun qismlar geometriyasi va joylashuvi qayta ishlangan, quvurlar diametri kattalashtirilgan, maxsus chiqarish kollektorlari oʻrnatilgan hamda tovush soʻndirgich konstruksiyasi oʻzgartirilgan.

Qoʻshimcha issiqlik izolyatsiyasi eng koʻp qiziydigan zonalarga issiqlik uzatilishini kamaytiradi. Muhandislarning shovqin, tebranish va bikrlik boʻyicha sozlamalari esa ovozning oʻziga xos yangi xarakterini shakllantirishga yordam bergan. Past aylanishlarda tizim chuqurroq ohanglar chiqaradi, 10 000 ayl/min ga yaqinlashgani sari esa ovoz keskinlashib, uzatmalarni almashtirishda haydovchiga moʻljal boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Komponentlar titan qotishmalaridan tayyorlanib, qoʻlda yigʻiladi. Tizim massasi 11,40 kg boʻlib, bu standart yechimdagidan 12% kam. Egzoz uchlariga maxsus qora qoplama berilgan va ular orqa bamperga integratsiya qilingan.

Tizim Accessori Originali original aksessuarlar katalogiga kiritiladi va avval ishlab chiqarilgan avtomobillarni qayta jihozlash toʻplami sifatida taqdim etiladi. Dastlab u Temerario Coupé uchun taklif qilinadi, keyin esa jahon premyerasi kelasi haftaga rejalashtirilgan modelning ilk hosilasiga oʻrnatiladi.