Audi «Gelendvagen»ga raqobatchi ustida ishlamoqda: ilk suratlar
Audi ramali konstruksiyaga ega, elektr dvigatelli yoʻltanlamas avtomobilni sinovdan oʻtkazmoqda. Taxminlarga koʻra, u Scout platformasiga ega boʻladi. Ishlab chiqaruvchi loyiha haqida izoh bermayapti; uning taqdimoti yaqin uch yil ichida boʻlib oʻtishi mumkin.

Audiʼning yangi yoʻltanlamas avtomobili prototipi yoʻl sinovlari vaqtida koʻrildi. Avtomobil yirik kuzov, kengaytirilgan gʻildirak ravoqlari va oltita boltli disklar oʻrnatilgan katta shinalarga ega — bunday uygʻunlik murakkab yoʻlsiz sharoitlarga tayyorlangan avtomobillarga xos.
Avtomobilda chiqarish quvuri yoʻq, bu elektr kuch qurilmasidan foydalanilganini koʻrsatadi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, modelga Volkswagen kompaniyasiga tegishli Amerikaning Scout platformasi asos boʻladi. U klassik yoʻltanlamas avtomobillarga xos ramali konstruksiyani nazarda tutadi. Avvalroq Audi rahbari ushbu platformadan foydalanish ehtimoli haqida gapirgandi.
Ishlab chiqaruvchi hozircha loyiha haqidagi maʼlumotlarni izohlamayapti. Sinov avtomobili hali yakunlanmagan koʻrinadi, shu sababli uning taqdimoti yaqin uch yil ichida boʻlib oʻtishi mumkin.
Yana oʻqing

Xabarlarga koʻra, Rimac Nevera ishlab chiqarishini atigi 71 ta avtomobil bilan yakunlaydi
Elektro va gibridlar13:32
Audi gibridlari yillar emas, oylar ichida chiqadi. Zaryadlanadigan Q5 qaytishi mumkin
Elektro va gibridlar11:39


