Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Toshkentda 24-dekabrdan avtomobillarni olib ketish qoidalari oʻzgaradi

24-dekabrdan poytaxtda yangi qoidalar kuchga kiradi: avtomobilni tashish va uni saqlash haqi tegishlicha kilometriga va sutkasiga 88 ming soʻmgacha boʻladi.

13-noyabr, 13:51По-русски

Read in English

эвакуация

Avtomobillarni olib ketish va jarima maydonchalari faoliyatining yangi tartibi Vazirlar Mahkamasining 508-son qarori bilan belgilandi. Olib ketishning umumiy qiymati 1,76 million soʻmdan oshmasligi kerak.

Jarayonning barcha bosqichlari yagona elektron tizimga oʻtkaziladi. Haydovchi qoidabuzarlikni yuklash boshlanguniga qadar bartaraf etsa, avtomobil olib ketilmaydi. Yuklash boshlanganidan keyin jarayonni toʻxtatib boʻlmaydi, saqlash haqi esa shu paytdan boshlab hisoblanadi.

Avtomobilni olish uchun elektron tizim yoki mobil ilovadan QR-ruxsatnoma kerak boʻladi. Egasi mashinani olti oy ichida olib ketmasa, qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi. Bir yil oʻtgach, sud avtomobilni egasiz deb topishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media