Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Dunyodagi yagona Jeep Wrangler Commando 100 ming dollarga auksionda sotiladi

Jeep, FOX Factory Vehicles va USO maxsus tayyorlangan Jeep Wrangler Commando 392’ni auksionga qoʻyadi. Nashr vaqtida taklif 100 ming dollar edi.

13-noyabr, 18:59По-русски

Read in English

Auksionga 250 ta avtomobildan iborat cheklangan seriyaning soʻnggi Jeep Wrangler Commando 392 nusxasi qoʻyiladi. Bu seriyadagi ommaviy auksionda sotiladigan yagona avtomobil: qolgan 249 tasi amaldagi harbiy xizmatchilar va faxriylar uchun zahiralangan.

Bring a Trailer platformasidagi savdolar 11-noyabrda boshlandi va 22-noyabrgacha davom etadi. Savdodan tushgan barcha mablagʻlar harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash uchun USO tashkilotiga yoʻnaltiriladi.

Maxsus versiya 470 ot kuchiga ega 6,4 litrli V8 Hemi dvigatelli Wrangler 392 bazasida yaratilgan. Sakkiz pogʻonali avtomat avtomobilni 97 km/soat tezlikka 4,5 soniyada olib chiqadi, chorak mil masofani esa taxminan 13 soniyada bosib oʻtadi.

Avtomobil yaltiroq Army Green rangiga boʻyalgan, unga quvursimon eshiklar, bej rangli «bikini» tom qoplamasi, charm bezak va Magnaflow chiqarish tizimi oʻrnatilgan. Osma qismi JKS lift-komplekti, tashqi rezervuarlarga ega FOX 3.0 amortizatorlari va FOX ATS stabilizatori yordamida takomillashtirilgan. Yoʻltanlamas sharoitlar uchun old va orqa tomonda Tru-Lok blokirovkalari, Selec-Trac toʻliq yuritmasi, Nitto Ridge Grappler shinalari va Warn lebedkasi koʻzda tutilgan. Avtomobil SEMA 2026 koʻrgazmasida namoyish etilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media