Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Germaniyada uzaytirilgan ID. Buzz Cargo elektromobili ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Volkswagen Commercial Vehicles Gannoverdagi zavodda uzaytirilgan ID. Buzz Cargo elektromobilini ishlab chiqarishni boshladi. Germaniyada furgon narxi 53 000 dollardan boshlanadi.

24-noyabr, 12:46По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Yangi versiyani ishlab chiqarish uchun korxona yon panellar va surilma eshiklarni montaj qilish jarayonlarini oʻzgartirdi. Shu bilan birga, model amaldagi ishlab chiqarish liniyasiga kichik tuzatishlar va asosan kompaniyaning oʻz texnik yechimlari yordamida moslashtirildi.

ID. Buzz Cargo LWB yuk boʻlimining hajmi 4,4 m³ ni tashkil etadi. Endi yon eshiklar orqali yevropalletni yuklash mumkin, ikkinchi surilma eshik esa standart jihozlar qatoriga kiritilgan. Furgon 86 kVt·soat sigʻimli akkumulyator bilan jihozlanadi.

Xaridorlarga 286 ot kuchiga ega orqa uzatmali hamda 340 ot kuchiga ega 4MOTION toʻliq uzatmali versiyalar taklif etiladi. Avtomobil, shuningdek, yangilangan multimedia tizimi va ID. dasturiy taʼminotining yangi versiyasiga ega boʻldi. Qoʻshimcha haq evaziga svetofor signallarini avtomatik taniydigan Travel Assist tizimidan foydalanish mumkin.

ID. Buzz oilasining barcha modellari bitta pedal orqali boshqarish rejimi bilan jihozlandi. Bundan tashqari, modellar uchun avtomobildan tashqi qurilmalarni quvvatlantirish manbai sifatida foydalanish imkonini beruvchi PowerSocket adapteri paydo boʻldi. Qatorga standart Cargo va yoʻlovchi tashishga moʻljallangan versiyalar kiradi, keyinchalik uni ID. California Cruise kemperi bilan toʻldirish rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media