Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

BYD Denza N9 flagman uch motorli yoʻltanlamasi Xitoyda yangi qiyofa oladi

Xitoyda yangilangan BYD Denza N9’ning yangi old qismiga ega boʻlgan josuslik fotosuratlari paydo boʻldi. Uch motorli BEV versiyasining eng yuqori quvvati 890 kVt (1 194 ot kuchi) deb koʻrsatilgan.

23-noyabr, 11:04По-русски

Read in English

carnewschina.com

Yangilangan BYD Denza N9 radiator panjarasi imitatsiyasi va katta havo kirish teshigiga ega qayta ishlangan old bamper oldi. Avtomobillarning fotosuratlari internetda paydo boʻldi, 23 noyabr kuni esa xitoylik dizayner Sugar Design modelning norasmiy renderlarini eʼlon qildi.

Eʼlon qilingan materiallarga koʻra, avtomobilning qolgan tashqi koʻrinishi deyarli oʻzgarmagan. Yoʻltanlamasda qisman yashirilgan eshik tutqichlari, ingichka va choʻzilgan orqa chiroqlar hamda tomdagi lidar saqlanib qolgan. Denza N9’ning gabaritlari 5270/2030/1830 mm, gʻildirak bazasi esa 3125 mmni tashkil etadi. Salonda 2+2+2 sxemasi boʻyicha olti oʻrin koʻzda tutilgan.

Noyabr oyi boshida BYD Denza N9’ning uch motorli BEV modifikatsiyasini sotish uchun litsenziya olishga ariza berdi. Uning kuch qurilmasi 890 kVtgacha (1 194 ot kuchigacha) quvvat ishlab chiqaradi. Manbada ushbu versiyaning narxi, batareyasi, yurish zaxirasi va sotuvlar boshlanish muddatlari koʻrsatilmagan.

Denza N9 Xitoy bozoriga ilk bor 2025 yil mart oyida ikki litrli ichki yonuv dvigateliga ega plug-in gibrid sifatida chiqdi. 2026 yil may oyida BYD PHEV versiyasini yangilab, tezkor quvvatlash texnologiyasini qoʻshdi. Uning narxi 61 400–70 400 dollarni tashkil etadi. Dvigatel 152 kVt (204 ot kuchi), uchta elektromotor esa jami 680 kVt (912 ot kuchi) quvvat beradi. Sigʻimi 75,2 kVt·soat boʻlgan batareya CLTC sikli boʻyicha 420 km yoki WLTP boʻyicha 344 km elektr yurish masofasini taʼminlaydi. China EV DataTracker maʼlumotlariga koʻra, Xitoyda bunday avtomobillardan 9 135 tasi yetkazib berilgan — bu bir yil avvalgidan 67,2 foizga kam.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media