Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Ishlatilgan Alfa Romeo Giulia Quadrifoglio yangi Toyota Camryʼdan arzonroq boʻldi

AQShda 2020-yilgi Alfa Romeo Giulia Quadrifoglio $30 000 dan arzon narxda sotilmoqda, yangi Toyota Camry narxi esa $36 000 dan boshlanadi. Alfa 505 ot kuchiga ega, biroq unga xizmat koʻrsatish xavfi yuqoriroq.

23-noyabr, 11:33По-русски

Read in English

carbuzz.com

Kuchli amortizatsiya Alfa Romeo sport sedanini yangi Toyota Camry bilan deyarli bir xil narx toifasiga olib keldi. Kelley Blue Book uning adolatli qiymatini taxminan $34 410 deb baholaydi, savdo maydonchalaridagi eʼlonlarda esa oʻrtacha yurilgan masofa va tasdiqlangan texnik xizmat tarixiga ega avtomobillar $30 000 dan arzon taklif qilinmoqda.

Giulia Quadrifoglio Ferrari ishtirokida yaratilgan ikki turbinali V-simon dvigatel, avtomatik uzatmalar qutisi va orqa gʻildirakdan tortish tizimi bilan jihozlangan. Uning kuch qurilmasi 505 ot kuchini ishlab chiqaradi. Jihozlar qatoriga, shuningdek, moslanuvchan osma, tortish kuchini qayta taqsimlaydigan oʻz-oʻzidan bloklanadigan differensial, Brembo tormozlari va faol aerodinamika kiradi. Alfa Romeo maʼlumotlariga koʻra, sedan 100 km/soat tezlikka toʻrt soniyadan kamroq vaqtda chiqadi.

Camry oldidagi ustunligi — dinamikasi va boshqariluvchanligi, biroq Alfa Romeo avtomobiliga egalik qilish ancha murakkabroq boʻlishi mumkin. Manbada elektronika va datchiklar ishidagi nosozliklar, sovitish tizimidagi muammolar, shinalarning tez yeyilishi hamda tormozlarga qimmat xizmat koʻrsatish qayd etiladi. Avtomobilni xarid qilishdan oldin servis tarixini, diagnostika xatolarini, tormozlar va shinalar holatini tekshirish, shuningdek, zamonaviy Alfa Romeo avtomobillarini yaxshi biladigan ustaxonada koʻrikdan oʻtkazish tavsiya etiladi.

Model premium toifadagi benzinni talab qiladi va odatda sugʻurtaga koʻproq xarajat ketadi. EPA bahosiga koʻra, Giulia Quadrifoglio shaharda 100 km ga 13,84 litr, trassada esa 9,41 litr yoqilgʻi sarflaydi. Camry XSE AWD esa aralash siklda 100 km ga 5,47 litr sarflaydi. Shu sababli narxlar oʻrtasidagi farqni taʼmirlash va rejali texnik xizmat uchun zaxira sifatida saqlab qoʻyish tavsiya etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media