Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Premium

2027 yilda xarid qilish mumkin boʻladigan barcha Lexus avtomobillari va yoʻltanlamaslari

Lexusʼning AQShdagi 2027-model yiliga moʻljallangan qatoriga koʻpchilik SUV va sedanlar qaytishi kutilmoqda, LFAʼning seriyali versiyasi esa hozircha texnik xususiyatlari tasdiqlanishini kutmoqda.

22-noyabr, 12:00По-русски

Read in English

carbuzz.com

2027-model yilida Lexus AQSh bozorida yangilangan NX Hybrid va NX Plug-in Hybrid, elektr RZ va TZ, IS va ES sedanlari, shuningdek, RX va TX krossoverlarini saqlab qoladi. GX va LX yoʻltanlamaslari ham qatorda qoladi. Barcha modellarning yakuniy narxlari va yangilangan NXʼning bozorga chiqish sanasi yangi yilning birinchi choragiga yaqinroq eʼlon qilinishi kerak.

Lexus RZ 350e Standardʼning bazaviy versiyasi $47 495 turadi. Old gʻildiraklardan tortuvchi elektr kuch qurilmasi 221 ot kuchiga ega, bir marta quvvatlanganda hisoblangan yurish masofasi esa 485 km ga yetadi. IS 350 F Sport Design uchun boshlangʻich narx $47 545 etib belgilangan. Yangi Special Appearance toʻplami Envious yashil rangini, qora BBS bolgʻalangan gʻildiraklarini va yashil chokli qora salon bezagini oʻz ichiga oladi.

Lexus ES 350e Premium narxi $49 005 dan boshlanadi. ESʼning benzinli versiyalarida endi 2,5 litrli toʻrt silindrli dvigatel hamda komplektatsiyaga qarab ikki yoki uchta elektromotordan iborat gibrid tizim qoʻllanadi; toʻliq elektr versiya ham saqlanib qoladi. RX 350 Premium FWD uchun boshlangʻich narx $55 450 boʻladi. Krossover 2,5 litrli turbinali toʻrt silindrli dvigatel, old yuritma va sakkiz pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, 2026-model yili Lexus UX Hybrid uchun oxirgisi boʻladi. Uch qatorli TX benzinli va gibrid versiyalarini saqlab qoladi, biroq qatorda quvvatlanadigan gibrid versiya boʻlmaydi. Elektr TZ 450e Premium AWD 2026 yil oxirigacha sotuvga chiqishi kerak.

Lexus LFA hozircha seriyali versiyani tayyorlash bosqichida. Model toʻliq elektr kuch qurilmasi va Toyota GR GT bilan umumiy platformaga ega boʻladi, biroq qolgan texnik xususiyatlari 2027 yilda kutilayotgan ishga tushirilishidan oldin hali tasdiqlanishi kerak.