KGM Rexton yangi avlodi ramali yoʻltanlamas boʻlmaydi
KGM yangi Rexton haqida maʼlumot bera boshladi: tizer va sertifikatlash maʼlumotlariga koʻra, model yuk koʻtaruvchi kuzov hamda PHEV versiyasiga ega boʻladi.

Yangi Rextonning ilk tizerida noodatiy old qism koʻrsatildi: LED kunduzgi chiroqlar kuzovning butun eni boʻylab choʻzilgan. Avtomobilning qolgan qismlari yashirilgani sababli, uning proporsiyalarini hozircha faqat josuslik fotosuratlari orqali baholash mumkin.
Asosiy oʻzgarish konstruksiyada kutilmoqda. Hozirgi ramali konstruksiya oʻrnini yuk koʻtaruvchi kuzov egallashi mumkin. Platforma esa KGM hamkorlik qilayotgan Xitoyning Chery Automobile kompaniyasiga tegishli T2X boʻladi. 2,2 litrli dizel dvigatel oʻrniga modelga 2 litrli benzin dvigateli va plagin-gibrid versiyasi taklif qilinishi mumkin.
Gibrid versiya parametrlari sertifikatlash hujjatlarida qisman ochiqlangan. Tizim 143 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzin dvigateli, DHT transmissiyasi va 18,4 yoki 32,4 kVt·soat sigʻimli batareyani oʻz ichiga oladi. Kattaroq batareya uchun orqa oʻqda alohida elektr motori boʻlgan toʻliq yuritma koʻzda tutilgan. Salon besh yoki yetti oʻrinli boʻladi, biroq umumiy quvvat va elektr rejimidagi yurish masofasi hozircha aytilmagan. Premyera, mish-mishlarga koʻra, 2027 yil yanvariga rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Yangiliklar10:20


