Ford Genri Fordning ilk poygasi sharafiga maxsus superkar chiqardi
Ford Genri Fordning 1901-yili Detroyt poygasidagi gʻalabasi sharafiga Mustang GTD 1901 superkarining maxsus versiyasini chiqardi. Dizayn Sweepstakes bolidiga ishora qiladi.

Mustang GTD 1901 kuzovi Sweepstakes poyga avtomobilini eslatuvchi toʻq qizil rangga boʻyalgan. Kuzov boʻylab assimetrik qora chiziq oʻtadi, salonda esa toʻq qizil charm, kontrast choklar va rulda zamsha ishlatilgan. Xavfsizlik kamarlari qizil hoshiyaga ega.
Mustang GTD uchun yangi magniy qotishmali gʻildirak disklari ham tayyorlandi: ular ressorasiz massani 22,8 kg ga kamaytiradi. Eshik qoplamalari va markaziy tirsakqoʻygich qopqogʻi endi tabiiy charm bilan qoplanadi.
Qoʻshimcha haq evaziga xaridorlar 3D-printerda bosilgan titan salon elementlari paketiga buyurtma berishlari mumkin. Quvvat qurilmasi oʻzgarishsiz qoldi — quvvati 815 ot kuchigacha boʻlgan 5,2 litrlik kompressorli dvigatel. 1901 versiyasi uglerod tolali plastikdan tayyorlangan standart aerodinamik elementlar: oldingi splitter, yon etaklar, orqa diffuzor va antikryloga ega boʻladi.





