Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Changan CS75 Plus sinov haydovida: yangi krossover nimasi bilan hayratlantirdi

Sinov haydovi davomida 235 ot kuchiga ega turbomotorli yangi Changan CS75 Plus tekshirildi: avtomobil 100 km/soat tezlikka 8,1 soniyada chiqdi, ishlab chiqaruvchi esa 7,4 soniyani koʻrsatgan.

26-noyabr, 17:05По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Sinov haydovida Rossiya bozorida CS75 indeksiga ega brendning uchinchi modeli — Changan CS75 Plus New ishtirok etdi. Undan avval bu yerda avvalgi CS75 Plus va ixchamroq CS75 Pro modeli taqdim etilgan. Oxirgi model yetti oʻrinli salonga ega va arzonroq turadi, yangi krossover esa Volga K50 yetakchilik qilayotgan segmentga yoʻnaltirilgan.

Kaput ostiga 235 ot kuchiga ega, 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan ikki litrli turbomotor oʻrnatilgan. Changan 100 km/soat tezlikka 7,4 soniyada chiqishni vaʼda qilmoqda, biroq oʻlchovlar vaqtida asbob 8,1 soniyani koʻrsatdi. Startda gaz pedaliga javob berishda kechikish seziladi, ammo harakat paytida dvigatel avtomobilni ishonchli tezlashtiradi. Maksimal aylantiruvchi moment 390 N·m ni tashkil etadi.

Trassada faol kruiz-kontrol va polosada ushlab turish tizimi 150 km/soatgacha boʻlgan tezlikda ishlaydi. Sinov haydovi bahosiga koʻra, ikkinchi tizim haddan tashqari keskin ishlaydi, shu sababli uni oʻchirib qoʻyish tavsiya etiladi. 130 km/soat tezlikda harakatlanganda yoqilgʻi sarfi 100 km ga 10 litrdan oshmaydi. Bak 58 litr yoqilgʻi sigʻdiradi, ishlab chiqaruvchi esa 92 oktanli benzindan foydalanishga ruxsat beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Salonda uchta ekrandan iborat birlashtirilgan panel oʻrnatilgan. Old yoʻlovchi oʻngdagi displeydan alohida foydalanishi, video koʻrishi va musiqa tinglashi mumkin. Shuningdek, simsiz Android Auto va Apple CarPlay, oʻrindiqlar, rul hamda old oynani isitish funksiyalari mavjud. Yuqori komplektatsiyada old yoʻlovchi oʻrindigʻi yotqiziladi, oyoq qoʻyish moslamasi va massaj funksiyasi bilan jihozlanadi.

Changan CS75 Plus «Lyuks» komplektatsiyasida 49 800 dollar, «Techno» komplektatsiyasida esa 51 600 dollar turadi. Bazaviy jihozlar qatoriga charm salon, 19 dyuymli gʻildiraklar, panoramali tom, ikki zonali iqlim nazorati va oltita xavfsizlik yostigʻi kiradi. «Techno» uchun qoʻshimcha toʻlov evaziga ikki qavatli old oynalar, oʻrindiqlarni shamollatish, avtomatik parkovka tizimi hamda 14 ta dinamikka ega Pioneer audio tizimi qoʻshiladi.