Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Xitoy brendlari jahon avtomobil bozorida yaponlarnikini siqib chiqarmoqda

Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari 93 bozorning 39 tasida yangi avtomobil savdosida yetakchi, Yevropada esa 2026-yil III choragida ilk bor yapon brendlaridan oʻzdi.

23-noyabr, 18:44По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari dunyodagi 93 bozorning 39 tasida yangi avtomobillar savdosi boʻyicha yetakchiga aylandi. Germaniya, Italiya, Braziliya va Janubiy Koreya ham kiradigan 14 mamlakatda ular 2026-yilda birinchi oʻringa chiqdi. Neft narxining oshishi elektromobillarga qiziqishni kuchaytirib, Xitoy kompaniyalari yetakchi mavqega ega boʻlgan ushbu yoʻnalishda xitoy avtomobillariga talab oʻsishiga turtki berdi.

2026-yilning uchinchi choragi yakunlariga koʻra, Xitoy brendlari Yevropada ilk bor yapon brendlaridan oʻzib ketdi. Ularning ulushi 12,7 foizni, yapon ishlab chiqaruvchilariniki esa 11,9 foizni tashkil etdi. Besh yil avval Xitoy konsernlari Yevropa bozorining 1 foizidan kamrogʻini egallagan, 2025-yilda esa bu koʻrsatkichni 6 foizgacha oshirgan. 2026-yil sentabrida u 14,5 foizga yetdi.

Germaniyada Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar ulushi 6 foizgacha oshgan, yapon brendlari ulushi esa 5 foizgacha qisqargan. Italiyada Xitoy brendlari ulushini ikki baravar oshirdi, bunga qisman Leapmotor startapi ham hissa qoʻshdi: uning savdosi 11 baravar oshdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yevropadan tashqarida Xitoy kompaniyalari mahalliy ishlab chiqarish hisobiga oʻz ishtirokini kengaytirmoqda. BYD Braziliyada avtomobillarni yigʻishni boshlaganidan soʻng, Xitoy kompaniyalari ulushi 19 foizgacha koʻtarildi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yapon brendlari ulushini 54 foizgacha qisqartirgan, Xitoy brendlari esa uni 18 foizgacha oshirgan. Sentabrda BYD Indoneziyada yiliga 150 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodni ishga tushirdi.

Yapon ishlab chiqaruvchilari hanuz qolgan 54 bozorda yetakchilik qilmoqda, biroq ularning mavqei zaiflashmoqda. Yangi avtomobillar savdosining pasayishi biznes rentabelligini, shuningdek, avtokreditlash, lizing va ehtiyot qismlar savdosidan olinadigan daromadlarni kamaytirmoqda. Bu yapon yetkazib beruvchilar zanjiri, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqaruvchilarining mavqeini zaiflashtirishi mumkin.