Ford AQSh elektromobillari uchun arzonroq LFP batareyalarini ishlab chiqarishda CATL nou-xausiga tayanmoqda
Ford AQShda CATL texnologiyasi asosida LFP elementlarini ishlab chiqarishni boshladi. Dastlabki elementlar elektr pikapi Fathom prototiplariga yuborildi. Uni 2027 yilning IV choragida ishga tushirish kutilmoqda.

Ishlab chiqarish Marshall shahridagi BlueOval Battery Park Michigan zavodida yoʻlga qoʻyilgan. Taxminan 3 mlrd dollarga baholangan korxona Fordga tegishli va kompaniya tomonidan boshqariladi, CATL esa texnologiya, oʻqitish hamda ishlab chiqarish boʻyicha koʻmak bermoqda.
LFP elementlari tarkibida nikel va kobalt yoʻq, bu esa Ford bahosiga koʻra, tannarxni pasaytirishga yordam beradi. Prizmatik format ularni bevosita shassiga oʻrnatish va batareya blokidan avtomobil konstruksiyasining bir qismi sifatida foydalanish imkonini beradi. Ishlab chiqarish liniyalari daqiqasiga 40 tagacha element chiqaradi. Dastlabki reja qisqartirilganidan keyin maydonning elektromobillar va energiya saqlash tizimlari uchun hisoblangan quvvati yiliga taxminan 20 GVt·soatni tashkil etadi.
Ford hali ham ishlab chiqarish jarayonlarini sertifikatlash bilan shugʻullanmoqda va kelasi yili ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Marshalldagi batareya bloklari zavodi 2027 yilda ochilishi kerak. Fathomning bazaviy versiyasi 28 350 dollardan boshlanadi, kompaniya oldindan buyurtmalarni qabul qilishni 2027 yil boshida boshlamoqchi.
CATL bilan hamkorlik Fordning Xitoy kompaniyasi bilan aloqalari sabab AQShda tanqidlarga sabab boʻldi. Ford mamlakat ichida LFP batareyalari ishlab chiqarishni kengaytirish amerikalik ishchilarga kiritilayotgan sarmoya ekanini bildirdi va batareyalar soliq imtiyozlari talablariga mos kelishiga ishonch bildirdi.
Yana oʻqing

Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
Porsche sport rejimida yoʻgʻonlashadigan rulni patentladi
Texnologiyalar26-noyabr, 16:37


