Mask dekabrda xususiy Tesla avtomobillarini Robotaxi sinovlariga ulash mumkinligini aytdi
Tayyorgarlik muvaffaqiyatli oʻtsa, Tesla 2026-yil dekabrida egalarining shaxsiy avtomobillarini Robotaxi tarmogʻida sinovdan oʻtkazishni boshlashi mumkin, deb xabar berdi Ilon Mask.

Tesla rahbari bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida Model Y avtomobilidan foydalanadigan Uber haydovchisiga javoban yozdi. Haydovchi avtomobilini oʻz ishtirokisiz Robotaxiʼda buyurtmalarni bajarishga yuborishni afzal koʻrishini aytdi. Mask sinovlar keyingi oy boshlanishi mumkinligini bildirdi va avtomobillar parkini boshqarish bitta mashinani mustaqil haydashdan koʻra foydaliroq ekanini qoʻshimcha qildi.
Taxminlarga koʻra, egalar Tesla platformasi orqali avtomobillarini haq evaziga amalga oshiriladigan safarlar uchun taqdim etishlari mumkin. Shaxsiy avtomobillarni ulash kompaniyaga xizmat avtoparkini kengaytirish imkonini beradi. Dastlabki sinovlar uchun ehtimoliy maydonlardan biri sifatida Robotaxi eng uzoq vaqtdan beri ishlayotgan Texas shtatidagi Ostin shahri tilga olinmoqda. Biroq Maskning javobida testlar oʻtkaziladigan joy aniqlashtirilmagan.
Ishtirok etish shartlari hozircha oshkor qilinmagan. Model Yʼning qaysi versiyalari sinovlarga qoʻyilishi, qoʻshimcha uskunalar talab etiladimi va safarlardan tushadigan daromad qanday taqsimlanishi nomaʼlum. Maskning bayonotida avtomobil egalari uchun arizalarni qabul qilish boshlanadigan sana ham koʻrsatilmagan.
Yana oʻqing

Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
Porsche sport rejimida yoʻgʻonlashadigan rulni patentladi
Texnologiyalar26-noyabr, 16:37


