Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Infiniti yangi sport-sedanni ishlab chiqmoqda: uning nomi hali nomaʼlum

Nissan va Infiniti kompaniyalarining top-menejeri Ponts Pandikati­ru yangi sport-sedan uchun G harfi qatnashgan nomni tanlash mumkinligini aytdi. Modelning debyuti 2027-yilda kutilmoqda.

25-noyabr, 13:40По-русски

Read in English

Infinitiʼning yangi toʻrt eshikli modeli, ehtimol, oʻn toʻrtinchi avlod boʻlajak Nissan Skyline bilan platforma va kuch qurilmasini boʻlishadi. Bu avtomobilni Yaponiya va Yevropada sotish rejalashtirilmoqda.

Pandikati­runing soʻzlariga koʻra, sport-sedan uchun G harfi va yangi raqamli indeksdan iborat belgi tanlanishi mumkin. Avvalroq brend turli kuzov turlariga ega modellar uchun G20, G25, G35 va G37 nomlaridan foydalangan. Nom boʻyicha hozircha rasmiy qaror yoʻq.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda 405 ot kuchiga ega 3,0 litrli ikki turbinali V6 VR30DDTT dvigateli qoldirilishi mumkin. Skyline 400R Nismo versiyasida bu dvigatel 420 ot kuchi ishlab chiqaradi. Avvalroq Infiniti uchun dvigatel quvvatini taxminan 450 ot kuchigacha oshirish rejalashtirilayotgani aytilgan.

Xorijiy OAV maʼlumotlariga koʻra, dvigatel bilan birga nafaqat yetti pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi, balki mexanik transmissiya ham taklif qilinishi mumkin. Boʻlajak modelning tashqi koʻrinishini kompaniya hozircha oshkor qilmagan; toʻliq teaser kampaniyasi keyinroq kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media