Xitoy avtomobillari egalari transmissiyada ommaviy muammolarga duch kelmoqda
Rossiyadagi xitoy avtomobillari egalari silkinish, zarba, elektron xatolar va moy sizishidan shikoyat qilmoqda. Eng koʻp shikoyatlar Chery variatorlariga oid.

Xitoy avtomobillari egalari transmissiya nosozliklari — keskin almashishlardan tortib korpuslarning shikastlanishi va moy sizishigacha boʻlgan muammolar haqida xabar bermoqda. Ayrim Chery variatorlari qizigach silkina boshlaydi, zich yopilmagan shlanglar sabab moy yoʻqotadi va nisbatan kichik yurish masofasidayoq taʼmirlashni talab qiladi.
JAC avtomobillarida uzatmalar almashganda turtishlar, avtomatik uzatmalar qutisidagi xatolar va aktuatorlar nosozligi qayd etilmoqda. Geely va Belgee egalari tezlashish paytida robotlashtirilgan uzatmalar qutilarining keskin ishlashidan shikoyat qilmoqda. GAC GS8 egalaridan biri avtomat qutining ishlashi faqat chip-tuningdan soʻng yaxshilanganini aytdi.
Zeekr 9Xʼda orqa motor-reduktor korpusi zichligining buzilishi va unda yoriqlar paydo boʻlishi holatlari qayd etilgan.
Mutaxassislar variatorlarni transmissiyaning eng kam uzoq xizmat qiladigan turi deb hisoblaydi: ularning taʼmirgacha boʻlgan resursi 100–150 ming km deb baholanmoqda. Bu bahoga koʻra, ikki muftali robotlashtirilgan uzatmalar qutilari va klassik avtomatlar 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtishi mumkin. Xizmat muddatini uzaytirish uchun keskin tezlashish, gʻildiraklarning sirpanishi va tirbandliklarda tez-tez harakatlanishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Yangiliklar10:20


