Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Scout Traveler narxi taxminan 60 000 dollar, toʻliq jihozlangan versiyasi esa 90 000 dollargacha boʻladi

Scout Motors prezidenti va bosh direktori Skott Kiog Scout Traveler narxi 50 000 dollarning yuqori qismi — 60 000 dollarning quyi qismi oraligʻida boʻlishini tasdiqladi. Barcha opsiyalarga ega versiya taxminan 80 000–90 000 dollarga tushadi.

19-noyabr, 13:28По-русски

Read in English

thedrive.com

Scout Motors soʻnggi ikki yil ichida xarajatlar oshganiga qaramay, Scout Traveler uchun avval eʼlon qilingan narx moʻljalini saqlab qoldi. Kiogning aytishicha, taqdim etilgan konfiguratsiyadagi va eʼlon qilingan xususiyatlarga ega avtomobil narxi 50 000 dollarning yuqori qismi — 60 000 dollarning quyi qismi oraligʻida boʻladi.

Gap zaxira yurish masofasi 805 km gacha boʻlgan kuch qurilmasi haqida ketmoqda, shundan 240 km elektr quvvati hisobiga bosib oʻtiladi. Kompaniya bunday versiyalarda pardozlash uchun qaysi materiallardan foydalanilishini hozircha oshkor qilmagan: xususan, avtomobil saloni mato yoki charm bilan qoplanishi nomaʼlum.

Barcha mavjud opsiyalar qoʻshilsa, biroq noodatiy aksessuarlar oʻrnatilmasa, narxni 80 000 dollarning yuqori qismi va 90 000 dollarning quyi qismigacha oshirish mumkin boʻladi. Xaridor qimmat qoʻshimcha aksessuarlarga buyurtma bermasa, bunday Scout Traveler narxi 100 000 dollar chegarasiga yetmaydi.

Kiog dastlabki narx moʻljalini saqlab qolishga materiallar roʻyxati, ularning narxi va yetkazib beruvchilar xarajatlari ustida olib borilgan ishlar yordam berganini taʼkidladi. Kompaniya 60 000 dollar atrofidagi narx diapazonidagi avtomobillar eng koʻp talab qilinishiga umid qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media