Honda yangi hamyonbop Alpha krossoverini namoyish etdi
Honda Hindiston bozori uchun Alpha elektr krossoverining suratlarini eʼlon qildi. Rasmiy taqdimot 2 dekabrda boʻladi, texnik xususiyatlari esa hozircha oshkor etilmadi.

Honda Alpha oʻtgan yil oktyabrida namoyish etilgan Honda 0 Alpha konsepti asosida yaratilgan. Seriyali model prototipning koʻplab dizayn yechimlarini, jumladan, kuzovning keskin chiziqli old va orqa qismlari, ixcham yon oynalari hamda old qismidagi ingichka LED tasmasini saqlab qolgan. Yon tomonlarda katta gʻildiraklar oʻrnatilgan keng gʻildirak ravoqlari joylashgan.
Salon dizaynida ishlab chiqaruvchi soddalik, ochiqlik va kundalik qulaylikka urgʻu bergan. Jismoniy tugmalar soni kamaytirilgan, old panelga esa bort elektronikasini boshqarish uchun katta sensorli ekran oʻrnatilgan. Interyer LED yoritish bilan toʻldirilgan.
Krossover Hondaʼning Hindistondagi zavodida yigʻiladi. Keyinroq kompaniya Alphaʼni boshqa bozorlarga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Yangiliklar10:20


