Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Toyota 122 ot kuchiga ega gibrid Corolla Deck pikapini taqdim etdi

Toyota Braziliyada Corolla Cross bazasidagi Corolla Deck pikapini namoyish etdi. Model Sorocaba 2 zavodida ishlab chiqarilib, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlariga eksport qilinadi.

20-noyabr, 11:38По-русски

Read in English

ixbt.com

Toyota Corolla Deckʼni Braziliya bozori uchun monokok kuzovli pikap sifatida taqdim etdi. Keyinchalik modelni Lotin Amerikasi va Karib havzasining boshqa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda. U yerda pikap Fiat Toro va Renault Niagara bilan raqobatlashadi. Bu segmentda BYD Mako va Volkswagen Tukan ham kutilmoqda.

Taqdimotda Corolla Crossʼning yuqori komplektatsiyalaridan biriga mos keladigan XRX versiyasi namoyish etildi. Tashqi koʻrinishida Corolla Deck krossover bilan oʻxshashligini saqlab qolgan, biroq alohida kuzov elementlari va mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Corolla Crossʼda esa uning oʻrniga torsion balkasi ishlatiladi.

HEV emblemasi gibrid kuch qurilmasi borligini koʻrsatadi. Toyota hozircha uning xususiyatlarini alohida oshkor qilmadi, biroq pikap Corolla va Corolla Crossʼda qoʻllanadigan tizimni olishi mumkin. U 1,8 litrli atmosferali dvigatel, elektromotor va sigʻimi 1,3 kVt·soat boʻlgan batareyadan iborat. Bunday qurilmaning umumiy quvvati 122 ot kuchini tashkil etadi; yuritma oldingi, transmissiya esa e-CVT variatoridir.

Ishlab chiqarish Braziliyadagi Toyota majmuasi hududidagi Sorocaba 2 korxonasida yoʻlga qoʻyiladi. Yangi zavodning maydoni 160 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Dastlab u yiliga 100 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishi mumkin boʻladi. Corolla Deckʼdan tashqari, korxona Corolla, Corolla Cross va Yaris Cross avtomobillarini yigʻishga moʻljallangan. Zavod dvigatellari turli yoqilgʻi turlarida ishlaydigan gibrid avtomobillar ishlab chiqaradi hamda qayta tiklanuvchi energiyadan, jumladan biometandan foydalanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media