Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

Polestar qishda elektromobillar yurish zaxirasini saqlash boʻyicha Teslaʼdan oʻzib ketdi

Recurrent tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, Polestar elektromobillari 0 °C haroratda yurish zaxirasining oʻrtacha 88 foizini, Tesla avtomobillari esa 85 foizini saqlab qoladi. Maʼlumotlar AQShdagi 59 000 dan ortiq avtomobil asosida toʻplangan.

26-noyabr, 16:47По-русски

Read in English

digitaltoday.co.kr

Polestar sovuq ob-havoda elektromobillarning yurish zaxirasini saqlash boʻyicha brendlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. −7 °C haroratda uning modellari optimal sharoitlarda erishilgan koʻrsatkichning oʻrtacha 83 foizini saqlab qoladi, Teslaʼda esa bu koʻrsatkich 77 foizni tashkil etadi. Audi 0 °C haroratda 79 foiz va −7 °C haroratda 71 foiz natija bilan uchinchi boʻldi.

Taqqoslash EPAʼning yurish zaxirasi boʻyicha rasmiy qiymatlariga emas, balki odatda 21–27 °C boʻlgan ideal haroratda muayyan avtomobillar erishgan maksimal koʻrsatkichlarga asoslangan. Tadqiqotga 43 ta model va AQShdagi 59 000 dan ortiq elektromobil boʻyicha real maʼlumotlar kiritilgan.

Alohida modellar orasida issiqlik nasosiga ega Tesla Model S yetakchilik qilmoqda: u 0 °C haroratda yurish zaxirasining 90 foizini, −7 °C haroratda esa 82 foizini saqlab qoladi. Undan keyingi oʻrinlarda 89 foiz va 83 foiz koʻrsatkichlarga ega Tesla Cybertruck, shuningdek, mos ravishda 88 foiz va 83 foiz natija qayd etgan Polestar 2 turibdi. Roʻyxatning quyi qismidan Toyota bZ4X, Mercedes-Benz EQS Sedan va Chevrolet Blazer EV joy oldi.

Reytingdagi elektromobillar nolga yaqin haroratda yurish zaxirasining oʻrtacha 78 foizini saqlab qoladi. Issiqlik nasosiga ega avtomobillar qishda oddiy rezistiv isitkichli modellarga qaraganda oʻrtacha 8 foiz koʻproq yurish zaxirasini saqlab qoladi. Avtomobil quvvatlash qurilmasiga ulangan paytda salonni oldindan isitish ham safar oldidan batareya energiyasini tejashga yordam beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media