Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Oʻzbekistonning ayrim tumanlarida benzin litriga 758 soʻmga qimmatlashdi

11–18 noyabr kunlari Oʻzbekistonda yoqilgʻining chakana narxlari oshdi: ayrim tumanlarda AI-91 benzini litri 758 soʻmgacha qimmatlashdi.

24-noyabr, 16:50По-русски

Read in English

11–18 noyabr kunlari mamlakat hududlarida benzin, propan va metanning chakana narxlari oshdi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Baqirov maʼlum qildi.

AI-92 narxining eng sezilarli oʻsishi Oltinsoy tumanida qayd etildi — litriga 648 soʻmga. Baqirovning kuzatuvlariga koʻra, yoqilgʻi shimoliy, janubiy va sharqiy hududlarda eng koʻp qimmatlashmoqda.

Benzin birja savdolarida ham qimmatlashishda davom etmoqda. Baqirovning baholashicha, uning chakana narxlarga taʼsiri keyingi hafta yakunida sezilarli boʻladi, chunki monitoring kechikib eʼlon qilinadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media