Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Jeep Xitoyda Yevropa va Kanada uchun elektr krossover ishlab chiqarishni boshlaydi

Jeep Xitoyda yigʻiladigan krossoverni eʼlon qildi: ishlab chiqarish 2027-yilda boshlanadi, eksport Yevropa, Kanada va Meksikaga rejalashtirilgan. AQShda sotuvlar boʻlmaydi.

27-noyabr, 18:19По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Jeep yangi model loyihasini Guanchjoudagi strategik konferensiyada taqdim etdi. Krossover Xitoydagi Stellantis va Dongfeng qoʻshma korxonasida ishlab chiqariladi, uning sotuvi esa 2027-yilda ishlab chiqarish boshlanganidan keyin boshlanishi kerak.

Yangi model yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar toifasiga kiradi. Xitoydagi amaliyotga koʻra, Jeep uni toʻliq elektr va quvvatlanadigan gibrid versiyalarda taklif qilishi mumkin. Dizayn allaqachon tasdiqlangan, avtomobil Compassʼdan kattaroq boʻladi va Dongfeng bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi platformaga ega boʻladi.

Model uchun Momenta haydovchiga yordam berish tizimi tayyorlanmoqda. U shahar koʻchalari, trassalar va avtoturargohlarda, shuningdek, yoʻl chiziqlari boʻlmagan, qoplamasi tez oʻzgaradigan tuproq, qum va qor ustida harakatlanishga moʻljallangan. Momenta bu ishlanmani «barcha turdagi yoʻllar uchun ADAS» deb atamoqda.

Krossover nafaqat Xitoy bozori uchun moʻljallangan. Eksport yoʻnalishlari roʻyxatiga Yevropa, Kanada va Meksika kiritilgan, AQShga yetkazib berish esa istisno qilingan. Avvalroq ayni korxonada Xitoy va xorijiy bozorlar uchun Jeepʼning yana ikkita elektrlashtirilgan krossoverini ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Hozir Uhandagi zavodda benzinli Peugeot va Citroën avtomobillari yigʻilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media